Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Lukoil’ga narx manipulyasiyasi yuzasidan majburiyat qo‘yildi

Lukoil’ga narx manipulyasiyasi yuzasidan majburiyat qo‘yildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Lukoil yuzasidan qo‘shimcha axborot e’lon qildi.

Qo‘mita tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan narx manipulyasiyasi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilganiligi va o‘rganish ishlari olib borilayotganligi bo‘yicha ma’lum qilgan edi.

Ushbu ish yuzasidan Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli Qarori bilan tasdiqlangan "Birja savdolarida yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomi talablarining buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi natijasida asossiz olingan mablag‘ni qaytarish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Kompaniyaga qonunbuzilishlarni bartaraf etish va keyinchalik yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Ma’lumot o‘rnida, Maxsus komissiyaning ushbu qaroridan norozi bo‘lgan tomon Qo‘mitaning Apellyasiya kengashiga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring