Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning reklama xarajatlari qoplab beriladi
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning reklama xarajatlari qoplab beriladi. Bu borada 2025-yil 1-dekabrda Prezidentning «Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-365-son qarori qabul qilingan.
2026-yil-1 yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalariga ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni O‘zbekiston hududida ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta va jurnallar, onlayn reklama, bilbord, internet tarmog‘idagi xorijiy axborot resurslarida, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar, savdo maydonchalari va mobil ilovalarda joylashtirish) orqali targ‘ibot va tashviqot qilish xarajatlarini Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berishga ruxsat etiladi.
Bunda:
- mazkur xarajatlarning 50 foizdan 100 foizgacha qismi, biroq bir kalendar yilda 250 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi;
- Savdo-sanoat palatasining xulosasiga asosan sanoat korxonalariga kompensatsiyalar taqdim etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter