Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Malayziyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

Malayziyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

2022 yil 9 iyuldan Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslar joriy etiladi.

Kecha, 26 may kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasida Malaysia Airlines va Osmon Aero sayyohlik kompaniyasi o‘rtasida kelishuv imzolangan.

Aytilishicha, parvozlar har 10 kunda oktyabrgacha davom etadi. Reyslarni Malaysia Airlines nazorat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Toshkentga kelgan Malayziya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kamarudin Jaffar bilan shu masalani muhokama qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring