Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr energetika tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi

Elektr energetika tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash markazi tashkil etiladi

Toshkentda «O‘zbekenergo» AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» kompaniyasi vitse prezidenti Li Sang Ki ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish yuzasidan «O‘zbekenergo» AJ hamda Janubiy Koreyaning «KT Corporation» o‘rtasida bitim imzolandi. Bu haqda «O‘zbekenergo» axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yil 1 sentyabrga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan mazkur Markaz elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, SCADA – avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi hamda axborot boshqaruv tizimlari (ERP) boshqariladigan yagona respublika ma’lumotlarni qayta ishlash yo‘nalishlarini qamrab oladi.

«Markaz respublika bo‘yicha o‘rnatilgan elektron hisoblagichlardan iste’mol, tizimdagi elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlari va hisoblagichlarning holati to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘adi hamda qayta ishlaydi», – deydi «O‘zbekenergo» AJ boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoyev. – «Shuningdek, qayta ishlangan ma’lumotlar asosida tizimning va har bir tizimga ulangan hisoblagichlarning holati bo‘yicha operatorga hisobot  beradi. Bundan tashqari, transformatorlar kesimida tarmoqdagi yo‘qotishlar miqdorini tahlil qilish va me’yoridan ortiqcha yo‘qotishlar kuzatilganda hamda elektr hisoblagichga elektr ta’minoti korxonasi xabarisiz tashqi ta’sir ko‘rsatilganda operatorni xabardor qiladi».

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil yakuniga qadar 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkzib beruvchi va taqsimlovchi korxonalar yagona elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga to‘liq ulanishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring