«Markaziy Osiyoning buyuk ayollari»: Tarixiy ro‘yxat bilan tanishing
![«Markaziy Osiyoning buyuk ayollari»: Tarixiy ro‘yxat bilan tanishing](https://xabar.uz/static/crop/2/8/920__95_2830334674.jpg)
«Kaktakto» nashri Markaziy Osiyo tarixida sezilarli sezilarli iz qoldirgan ayollar ro‘yxatini tuzdi. Undan qadimgi davrdan toki bugungi kunga qadar ko‘zga ko‘ringan ayollar o‘rin olgan.
To‘maris
Olis tarix sahifalaridan joy olgan To‘maris jasorati o‘zbek o‘quvchilariga ham yaxshi tanish. Massaget qabilasi malikasi miloddan avvalgi 529-yilda fors Ahamoniylari podshohi Kir IIni jang maydonida yengishni uddasidan chiqqan edi.
Bopay Xonim
Qozoq xoni Abulxayrxonning rafiqasi Bopay o‘tkir aqli, xarakteri bilan ajralib turgan. Malikaning O‘rta va Kichik Juz qabilalari orasida obro‘si juda yuqori bo‘lgan.
![](https://static.xabar.uz/uploads/4/720__R9bkzk0zqxqL7ag3KpoW2e05OC7KrT1P.jpg)
Nodira
Qo‘qon xoni Umarxon(hukmronligi 1810-1822)ning turmush o‘rtog‘i. O‘zbek klassik adabiyotining vakili. Uning davrida Uvaysiy kabi shoiralar yetishdi, Qo‘qonda yirik adabiy muhit vujudga keldi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/4/720__KVbmrEaOo0bdpKGsodcxpqIBGxGuIU1Y.jpg)
Qurbonjon dodho
Qurbonjon dodhoni «Oloy malikasi» deb ham nomlashgan. Qirg‘iz xalqi qiyin ahvolga tushganda o‘glini qurbon berib, xalqni genotsiddan saqlab qolgani tarix sahifalarida qayd etilgan. Ziynat taxallusi bilan she’rlar ham yozgan.
![](https://static.xabar.uz/uploads/4/720__lz1yCKeXezrFIUztFL5E16AymXaN3TrI.jpg)
Nazipa Quljanova
Pedagogi, etnograf, tarjimon, birinchi qozoq jurnalist-ayoli. «Maktabgacha ta’lim», «Ona va bola» kitoblari muallifi (1923-1927). Asarlari bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotmagan.
![](https://static.xabar.uz/uploads/4/720__1n8-_eKPnMWVHBua8b7y45-FPrn-w2Qk.jpg)
Sayra Kiizbayeva
Qirg‘iziston SSR xalq artisti, operachisi, jamoat arbobi, pedagog, professor. Uning davri qirg‘iz opera san’atida «oltin davr» sifatida eslanadi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/4/720__0u-fuFZYKAgrSBLIQaLJw0eew0IKyhPx.jpg)
Sofya Hakimova
33 yoshida tibbiyot fanlari doktori darajasini olgan ilk tojik ayoli. Tojikiston ilm-faniga hissa qo‘shgan jamoat arbobi. Dushanbedagi tug‘ruqxonada ilk inson genetikasi bo‘yicha labaratoriyasini ochgan.
![](https://static.xabar.uz/uploads/4/720__GVSNc_ecwXAsM6U9nUjsv9BCercp0ekq.jpg)
Baljan Bultrikova
Baljan Bultrikova Qozog‘istonning ilk tashqi ishlar vaziri sanaladi, BMT minbarida qatnashgan ilk qozog‘istonlik ayol-diplomatdir.
![](https://static.xabar.uz/uploads/4/720__RY-YRbsJXmdxmV_2N-e9jNGqdO4eKkX8.jpg)
Xadicha Sulaymonova
Xadicha Sulaymonova huquq fanlari doktori, O‘zbekiston SSR adliya vaziri va o‘zbek tilidagi jinoyat huquqi bo‘yicha ilk darslikning muallifidir.
Dilbar Abdurahmonova
Dilbar Abdurahmonova nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi ayol-dirijyor sanaladi. Uning repertuarida 60dan ziyod opera va balet spektakllari bor.
![](https://static.xabar.uz/uploads/4/720__47XFfUGa-9TfTOrXnVJZTP-pYkQL_0jr.jpg)
Asal Sartbayeva
Markaziy Osiyoning ilk tan olingan olima ayollaridan biri. U vaksinalarni kremniy bilan qoplash usulini o‘ylab topgan. Bu tibbiyot vositalarini muzlatishsiz saqlash imkonini beradi. Bu butun insoniyat uchun muhim ixtiro bo‘lib, hozirda ko‘plab vaksinalar muzlatgichda saqlanmasa, aynib qolishi, hatto zaharli moddaga aylanishi ham mumkin.
![](https://static.xabar.uz/uploads/4/720__Uy6iquNrJEmE4ALKmiCSCPYcN2ttv9u0.jpg)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter