Martning ilk kuni: kunduzi harorat 17 darajagacha ko‘tariladi
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq, shimolda 0-5° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-15° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo‘ladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter