Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Matbuot va axborot agentligi Xitoyning davlat kengashi matbuot devonxonasi bilan memorandum imzoladi

Matbuot va axborot agentligi Xitoyning davlat kengashi matbuot devonxonasi bilan memorandum imzoladi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Sobirjon Shukurov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda Shanxay hamkorlik tashkilotining birinchi media-sammitida ishtirok etish maqsadida Pekin shahrida bo‘lib turibdi.

Bir necha kun oldin Matbuot va axborot agentligi va Xitoy davlat kengashi matbuot devonxonasi o‘rtasida har ikki davlat ommaviy axborot vositalari, nashriyotlari o‘rtasidagi almashinuvlar va hamkorlikni, jumladan, jurnalistlar va tasvirga olish guruhlarini dolzarb mavzular bo‘yicha axborot materiallarini tayyorlash, ommaviy axborot vositalari tashkilotlari, shuningdek, ularning vakolatxonalari va muxbirlik punktlarini ochish, OAV vakillari ishtirokida tanlovlar, seminarlar va simpoziumlar o‘tkazish, mamlakatlarimiz hududida o‘tkaziladigan turli tadbirlarni yoritish singari vazifalarni birgalikda amalga oshirishga qaratilgan besh yil muddat davom etishi nazarda tutilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Delegatsiyalar rahbarlari o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildi. S. Shukurov o‘z so‘zida O‘zbekistonda OAV sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning soni va O‘zMAAning faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, XXRning yetakchi davlat korxonasi – «Sinxua» axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasida o‘z muxbiri egaligini ta’kidlab, Xitoy Xalq Respublikasining «Sin’xua» axborot agentligi bilan O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Xitoy markaziy televideniyasi – SSTV bilan O‘zbekiston milliy teleradikompaniyasi, «Jenmin jibao» bilan «Xalq so‘zi», «Pravda Vostoka» nashrlari o‘rtasida o‘zaro xabar va yangilar, umuman, media mahsulotlari ayriboshlash bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishidan har ikki tomon ham manfaatdorligini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring