Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy va AQSh yangi sovuq urushini boshlaydimi?

Xitoy va AQSh yangi sovuq urushini boshlaydimi?

Pekin sovuq urushga kirish niyatida emas, dedi XXR Markaziy harbiy kengashi (MQK) raisi o‘rinbosari Chjan Yusya.

«Xitoy xalqi tinchlik tarafdori va hech qanday davlat bilan sovuq urush olib borish niyatida emas, lekin mamlakatning hududiy suvereniteti buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi u.

Chjan Yusya tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik hali ham mavjudligini tan oldi va sovuq urush tafakkuridan voz kechishga chaqirdi. Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy Harbiy Kengashi raisi o‘rinbosari hozirda kuch ishlatish siyosati o‘zini oqlamasligini aytadi.

Avvalroq Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakili Szin Syuan AQSh va Xitoy o‘rtasida yangi sovuq urush boshlanishi ehtimollarini rad etgandi.

Uning ta’kidlashicha, Xitoyda 1,4 milliardga yaqin aholi, ya’ni dunyo aholisining beshdan bir qismi, AQShda esa 340 millionga yaqin fuqaro bor. Umuman olganda, ikki mamlakat aholisi butun sayyora aholisining deyarli to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi, shuning uchun qarama-qarshilik yuz bergan taqdirda yakun halokatli bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirgan diplomat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring