Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyev o‘quvchi va o‘qituvchilarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi

Mirziyoyev o‘quvchi va o‘qituvchilarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga Bilimlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Davlat rahbari yangi o‘quv yili mamlakat mustaqilligining 35 yillik bayrami bilan uyg‘un holda boshlanayotganini qayd etdi.

Prezidentning ma’lum qilishicha, bu yil 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qiz maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ymoqda.

Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar natijasida maktablarning qiyofasi va ta’lim sifati o‘zgarib borayotganini ta’kidladi.

Prezident maktab bitiruvchilari puxta bilim bilan birga kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun sharoit yaratilishini bildirdi. Buning uchun hududlarda «Kasblar shaharchalari» tashkil etilib, zamonaviy tajriba va malakali mutaxassislar jalb qilinadi.

Davlat rahbari o‘quvchilarni zamonaviy ilm-fan, innovatsiyalar, kasb-hunarlar, ona tili, tarix va madaniyatni puxta o‘rganishga, shuningdek, xorijiy tillarni egallashga chaqirdi.

«Umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir», — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat, sihat-salomatlik va zafarlar tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring