Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mudofaa vazirligi vakillari Sariosiyo voqealarida halok bo‘lgan harbiy xonadoniga borishdi

Mudofaa vazirligi vakillari Sariosiyo voqealarida halok bo‘lgan harbiy xonadoniga borishdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo‘yicha markaziy kengashining bir guruh a’zolari shu haftada Sharqiy harbiy okrukka safar uyushtirdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrifning birinchi kuni Farg‘ona shahrida joylashgan harbiy qismlarda uchrashuvlar o‘tkazildi. Okruglardagi Faxriylar ishlari bo‘yicha kengash a’zolari bilan fikr va tajriba almashildi. Unda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Poytaxtdan yo‘l olgan faxriylar tomonidan Toshkent harbiy okrugi tajribasi namuna sifatida ko‘rsatildi. 

Safar davomida faxriylar  2000-yili Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida yurtimiz hududiga bostirib kirgan dushmanga qarshi jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan leytenant Boburjon G‘aniyev xonadoniga borib, oila a’zolaridan ko‘ngil so‘raldi.

Boburjonning onasi Munavvarxon ayaga yurt koriga yaraydigan, fidoyi, mard, jasur farzandni dunyoga keltirgani, to‘g‘ri tarbiya bera olgani va ona Vatan chorlaganda «labbay» deb qahramonlik ko‘rsatgani uchun tashakkur bildirildi.Mehmonlar Boburjon G‘aniyev uy-muzeyiga qahramonning portretini taqdim etishdi. Shuningdek, «harbiy ustozlar» Ikkinchi jahon urushi qahramoni Mamadali Topiboldiyevning uy-muzeyiga ham tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan muloqot qildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring