Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda yer uchun 381 ming dollar talab qilganlar qo‘lga olindi

Namanganda yer uchun 381 ming dollar talab qilganlar qo‘lga olindi

Foto: Xabar.uz

Namangan viloyatida yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqarolar U.A. va M.B. (muqaddam sudlangan) o‘zaro til biriktirib, kadastrlar palatasida ishlovchi tanishlari orqali 381 000 AQSh dollari evaziga “Qo‘shminor” MFY hududidagi fermer xo‘jaligi balansidagi 50 sotix yer maydonining hujjatlarini fuqaro A.S.ning nomiga noturar joy sifatida rasmiylashtirib berishlarini aytib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda kadastrlar palatasi Pop tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i S.A. 1 500 AQSh dollari va 6 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring