Namanganda yosh oilalarga uy va avtomashinalar berildi
![Namanganda yosh oilalarga uy va avtomashinalar berildi](https://xabar.uz/static/crop/4/8/920__95_485763615.jpg)
Kecha, 14-aprel kuni Namangan shahrida 32 nafar yosh oilaga «Yoshlar uyi»ning kalitlari tantanali tarzda topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
«Xalqlar do‘stligi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida namunaviy loyiha asosida bunyod etilgan 32 xonadondan iborat mazkur uy mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalar vakillariga boshlang‘ich badalsiz, 20 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti asosida to‘lab borish sharti bilan berildi.
Bungacha Mingbuloq, Chortoq, Yangiqo‘rg‘on, To‘raqo‘rg‘on, Uychi va Namangan tumanalarida «Yoshlar uyi» foydalanishga topshirilgan edi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat, shahar va tumanlar kengashlari raislariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli foiz stavkasida 10 yil muddatga 15 foizini oldindan to‘lash sharti bilan avtomashinalar ham olib berildi. Shu kuni ular ham avtomashina kalitlarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar. Shuningdek, nogironligi bor bolalarga maxsus aravachalar topshirildi.
Marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari Paxritdin Matkarimov so‘zga chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter