Navoiyda 14 kunlik chaqalog‘ini sotayotgan ayol ushlandi
2019-yil 25-mart kuni Navoiy viloyati, Karmana tumanida F.A.(ismli ayol) 14 kunlik farzandini 5 mln. so‘m evaziga fuqaro D.J.ga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
18-mart kuni Toshket viloyatida ham shunga o‘xshash hodisa kuzatilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter