Nonushta charchoq va asabiylikka ta’sir etishi ma’lum bo‘ldi

Ertalabki nonushtani o‘tkazib yubormaydigan odamlar sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida kamroq shikoyat qiladilar, deydi diyetolog Kristina Prishvina.
U «Moskva 24» telekanaliga nonushtaning foydalari haqida gapirib o‘tdi.
Prishvinaning so‘zlariga ko‘ra, muntazam ravishda nonushta qiladigan odamlarda kun davomida insulin va glyukoza darajasi barqarorroq bo‘ladi. Bu ish faoliyatini yaxshilash, charchoq va asabiylashishni kamaytirish uchun muhim, deb tushuntirdi shifokor.
Bundan tashqari, nonushtadan keyin odamning ishtahani tartibga soluvchi gormonlar darajasi barqarorlashadi. Shuning uchun agar odam ertalab ovqatlansa, u kun davomida kamroq ovqat iste’mol qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter