Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tmoqda
Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan bugun, 11-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab, Toshkent davlat yuridik universiteti binosida vakant notarius lavozimlariga tanlov o‘tkazilmoqda.
Tanlov jarayonlarini internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu havola orqali kuzatib borish mumkin.
Tanlov Toshkent viloyatidagi va Andijon viloyati Andijon shahar 14-son hamda Samarqand viloyati Samarqand shahar 18-son davlat notarial idoralaridagi bo‘sh (vakant) notarius lavozimlariga bo‘lib o‘tadi.
Shu bilan birga, yangilangan tanlov savollari bilan Adliya vazirligining rasmiy veb-sayti orqali tanishish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter