Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odamlar uy-joy sotib olishda aldanmasligi uchun yangi tizim ishga tushadi

Odamlar uy-joy sotib olishda aldanmasligi uchun yangi tizim ishga tushadi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Uy-joy qurib berishni va’da qilgan quruvchi va bunga pul tikkan aholi o‘rtasida nizolar ko‘payib borayotgani qayd etildi. Bunday noinsof quruvchilarga aldanib, odamlar ham uysiz, ham pulsiz qolmoqda.

Shu bois Prezident topshirig‘iga asosan qurilish vaziri boshchiligidagi ishchi guruhi xorijiy tajribani o‘rgandi.

Endilikda uy-joy sotib olish bo‘yicha kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi.

Bunda developerlar o‘zlari qurayotgan uylar sotuvini tashkil qilish bo‘yicha banklar bilan shartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqchi bo‘lgan odamlar pulini quruvchiga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka topshiradi.

Banklar esa yig‘ilgan pulni quruvchiga resurs sifatida beradi. Shunda banklar quruvchi va xaridor o‘rtasida ko‘prik bo‘lib, uy-joyni o‘z vaqtida va sifatli qurib, egasiga topshirishga kafil bo‘ladi.

Yangi tizim Samarqand shahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan o‘tkazilishi belgilandi.

Hozirda qurilish korxonalarida 300 mingga yaqin odam mehnat qilmoqda.

Ularning malakasini oshirish, o‘qitish masalasi dolzarb bo‘lib turibdi. Shu munosabat bilan sohadagi ishchilar malakasini baholaydigan tizim joriy qilish zarurligi ta’kidlandi.

Bunda ishchi-kasblarga malaka darajasi va ish o‘rinlariga aniq talablar belgilanadi, bu darajani olish uchun ishchilar profta’lim muassasalarida o‘qitiladi.

Ishni mustaqil yoki shogird sifatida o‘rganganlarga sertifikat olish uchun malaka imtihonidan o‘tishi kifoya qiladi

Sertifikati bor ishchilari soniga qarab, reyting tizimida pudratchilarga 15 ballgacha qo‘shimcha ball beriladi. Xuddi shu tizim loyiha tashkilotlari uchun ham bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring