«Oila ensiklopediyasi» kitobi nashrdan chiqarildi

«O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» davlat ilmiy nashriyoti O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Vazirlar mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy amaliy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda «Oila ensiklopediyasi» hamda «Xotin-qizlar ensiklopediyasi» kitoblarini nashrdan chiqardi.
«Oila ensiklopediyasi»da oila institutining yosh avlodni ma’nan kuchli, aqlan yetuk, barkamol qilib tarbiyalashdagi roli va ahamiyati, oiladagi shaxslar aro munosabatlarning turlari to‘g‘risidagi ma’lumot keltirilgan. Sog‘lom psixologik muhitni tarkib toptirishda ota-onalarning huquqiy, ma’naviy, tibbiy, iqtisodiy, psixologik bilimlarini farzand tarbiyasida qo‘llay olish choralari haqida tavsiyalar berilgan.
Mazkur ensiklopediyalarni keng omma e’tiboriga taqdim etish maqsadida 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining press-xolida taqdimot marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter