Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar bosh suyak fotosuratlari yordamida Ibn Sino obrazini tiklashdi

Olimlar bosh suyak fotosuratlari yordamida Ibn Sino obrazini tiklashdi

Foto: t.me/sngnewsb

Britaniyalik mutaxassislar buyuk olim, tabib va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning obrazini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi.

Ibn Sinoning obrazi qabri Hamadonga ko‘chirilayotgan paytda suratga olingan bosh suyagi rasmlariga qarab tiklandi. Faylasuf-olimning tashqi ko‘rinishi taxminan ushbu rasmdagi kabi bo‘lganligi aytilmoqda xabarda.

Abu Ali ibn Sino — buyuk qomusiy olim, tabib va faylasuf. Milodiy 980-yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida dunyoga kelgan va 1037-yilda Hamadonda vafot etgan. G‘arbda Avitsenna (ingl. Avisyenna) nomi bilan mashhur.

Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya’ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo‘lish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining miqdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va e’tibori ko‘proq falsafa va tibga qaratilganini ko‘ramiz. Garchi, uni «Avitsenna» sifatida G‘arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, «Tib qonunlari» bo‘lsa-da, «Shayx-ar-rais» nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga ishoradir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring