Olmazor tumani hokimi ishdan olindi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining qarori bilan shu kungacha Toshkent shahar Olmazor tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Rahmonov Baxtiyor Sultonovich egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
Uning o‘rniga ushbu lavozimga Mullajanov Abdumajid Fayzullayevich tayinlandi.
Abdumajid Mullajanov 1970-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.
1996-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.
Ko‘p yillar davomida qator rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019-yildan shu kunga qadar Toshkent shahar Olmazor tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter