Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar Sergeli tumani hokimi Rahmonov Baxtiyor Sultonovich Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda yurist Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram kanalida xabar berdi.

Olmazor tumanining sobiq hokimi Abduqahhor To‘xtayev 12-aprel kuni qurilish vaziri etib tayinlangan edi.

Rahmonov Baxtiyor Sultonovich - 1959-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. 

Ma’lumoti — oliy. 1981-yil, Kiyev muhandis-qurilish instituti tamomlagan.

Muqaddam Mirobod tumani hokimi va Toshkent shahar hokimining kapital qurilish masalasi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Sergeli tumaniga kim hokim etib tayinlangani haqida hozircha ma’lumot yo‘q. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring