Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ortiqxo‘jayev G‘afur G‘ulom bog‘idagi vaziyat bo‘yicha axborot berdi

Ortiqxo‘jayev G‘afur G‘ulom bog‘idagi vaziyat bo‘yicha axborot berdi

Foto:«Xabar.uz»

Bugun, 16-dekabr kuni Oliy Majlis Senati yalpi majlisida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev savollarga javob berdi. 

Jumladan Senat raisi Tanzila Norboyev G‘afur G‘ulom bog‘idagi vaziyat bo‘yicha izoh so‘ragan. 

— G‘afur G‘ulom bog‘iga keladigan bo‘lsak, bu yerda ikki yil avval yaxshi loyiha taqdim etilgan edi, uni hurmatli prezidentimiz ham tekshirgandi. 

Ammo o‘tgan bir yilda tadbirkorimiz o‘ziga berilgan vazifalarni bajarmadi va men bog‘ masalasini qayta ko‘rib chiqishni taklif etaman,— dedi Toshkent shahar hokimi.

Eslatib o‘tamiz, G‘afur G‘ulom bog‘i qayta rekonstruksiya sabab uzoq vaqtdan buyon yopiq turibdi. 

Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev avgust oyida «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusida bo‘sh joylarda qurilishlar qilish, moratoriy e’lon qilinganiga qaramasdan, daraxtlarni kesish, yashil hududlarni kamaytirish holatlarini tanqid qilgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring