Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelyapti

O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelyapti

Joriy yilning 9-12 mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, 9-11 martda mamlakat bo‘ylab vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanadi) bo‘ladi. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

10-12 mart kunlari havo harorati: respublika shimolida kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha, qolgan hududlarda 11-12 martda: kechalari 0-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 2-5 daraja iliqqacha pasayadi. 

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring