«O‘zbekiston» mehmonxonasining narxi qariyb 7 million dollarga arzonladi

Toshkentdagi «Otel O‘zbekiston» MChJ qo‘shma korxonasidagi davlat ulushi (80,13 foiz) 26,4 million dollarga baholandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mehmonxona 33 million dollar qiymatida sotuvga qo‘yilgan edi.
«Otel O‘zbekiston» MChJ QKning davlat ulushini sotib olishni istagan investorlarning murojaatlari tegishli tartbida Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotish bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Tanlovda ishtirok etuvchilar boshlang‘ich summaning 15 foiz miqdorida depozit qo‘yishlari kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter