Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy orkestri xalqaro festivalda e’tirof etildi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy orkestri xalqaro festivalda e’tirof etildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Oldin xabar berilganidek, 22-27-aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan «Mirniy rog» beshinchi harbiy orkestrlar xalqaro festivalida ishtirok etgan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi markaziy harbiy orkestri festival ishtirokchi orkestrali o‘rtasida eng yaxshi deya e’tirof etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalqaro festivalga O‘zbekiston Mudofaa vazirligidan 50 nafar ijodkorlar (40 nafardan iborat harbiy orkestr jamoasi hamda 10 nafar Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli ijodiy va balet guruhi a’zolari) O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, «Do‘stlik» ordeni sohibi, nafaqadagi polkovnik Pavel Makarov rahbarligi ostida o‘z repertuarlari bilan 24-aprel kuni chiqishdi.

Festival dasturida O‘zbekiston harbiy san’atkorlarining repertuaridan «Buyuk ipak yo‘li» marshi, «Salamanka» va «Sorrentoga qayt» musiqali kompozitsiyalar, mashhur jaz asari «Sing-sing», Xitoyda mashhur bo‘lgan estrada asari «Qahramon» hamda balet guruhi ishtirokida umumxalq sevgan milliy asar «Oq lolalar» va «Lazgi» o‘rin olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring