Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda elektron vizalar yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda elektron vizalar yo‘lga qo‘yiladi

Foto: «Tourist»

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida avval xabar bergan edik.

O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar elektron vizani internet orqali rasmiylashtirib, aeroportda olishlariga imkon yaratish maqsadida O‘zbekistonda elektron vizalar berish jarayoni ishga tushishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur tartib sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, turistik salohiyatimizni oshirishga xizmat qiladi. Sayyohlar internet orqali anketani rasmiylashtirib, elektron viza borasida ijobiy yoki salbiy javob olishlari mumkin bo‘ladi.

Davlat personallashtirish markazi, Axborot texnologiyalari vazirligi, TIV, IIV, MXX, Davlat turizm qo‘mitasi ushbu loyiha uchun mas’ul etib belgilangan.

Eslatib o‘tish kerak, ushbu loyiha tasdiqlanishi, o‘zgarishi yoki rad etilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring