O‘zbekistonda jami nechta vazirlik bor? (to‘liq ro‘yxat)
Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahalla tizimini takomillashtirish, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida Mahalla va oila vazirligini tuzishni taklif etdi. Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev shu vaqtga qadar qaysi vazirliklar o‘z o‘rnida qolgani, qaysilari isloh etilgani va yangi tuzilganlari statistikasini taqdim etdi.
Oxirgi yillarda 3ta vazirlik yangilandi, 11ta vazirlik yangitdan tashkil qilindi, 10ta vazirlik avvaldan bor.
Avvaldan mavjud bo‘lgan vazirliklar:
1. Tashqi ishlar vazirligi
2. Adliya vazirligi
3. Mudofaa vazirligi
4. Ichki ishlar vazirligi
5. Moliya vazirligi
6. Sog‘liqni saqlash vazirligi
7. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
8. Xalq ta’limi vazirligi
9. Favqulodda vaziyatlar vazirligi
10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Yangilangan vazirliklar:
11. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
13. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Yangi tashkil etilgan (bo‘lingan, ajralib chiqqan) vazirliklar:
14. Qishloq xo‘jaligi vazirligi
15. Suv xo‘jaligi vazirligi
16. Maktabgacha ta’lim vazirligi
17. Madaniyat vazirligi
18. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
19. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi
20. Innovatsion rivojlanish vazirligi
21. Qurilish vazirligi
22. Transport vazirligi
23. Energetika vazirligi
24. Mahalla va oila masalalari vazirligi (endi tuziladi)
Bundan tashqari 10 ta davlat qo‘mitasidan 3 tasi yangi tashkil qilindi.
Shuningdek, 6 ta davlat inspeksiyasi, 4 ta oddiy inspeksiya, 8 ta agentlik (yana bitta Yoshlar masalalari bo‘yicha agentlik tuzilishi kutilayapti), 4 ta qo‘mita, 3 ta markaz faoliyat yuritadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter