Pedagogika yo‘nalishidagi talabalar bilimi tekshiriladi
Pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalarning bilimlari tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi.
Adliya vazirligida Pedagogika sohasidagi talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 3853, 09.06.2026-y.) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, pedagogika yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash sifatini baholash maqsadida talabalarning bilimlarini tashqi diagnostikadan o‘tkaziladi.
Tashqi diagnostika har o‘quv yilida bir marta pedagogika yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari o‘rtasida test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, ularni bajarish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi va maksimal natija 100 ballni tashkil etadi.
Tashqi diagnostikadan o‘tkazish uchun har o‘quv yilining sentabr oyida maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i bilan kamida 5 nafar malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuziladi:
Tashqi diagnostika natijalariga ko‘ra, o‘rtacha 56 ball va undan yuqori natija qayd etgan ta’lim yo‘nalishlari «talablarga javob beradigan», 56 balldan past natija ko‘rsatgan yo‘nalishlar esa «talablarga javob bermaydigan» deb baholanadi.
Mazkur diagnostika natijalari talabalarning joriy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari va reyting ballariga ta’sir qilmaydi hamda pedagog kadrlar tayyorlash sifati holatini tahlil qilishga xizmat qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter