«Pop tumangaz» operatori va uning sheriklari pora bilan ushlandi
Namangan viloyatida gaz tarmog‘ini tortib kelishi va ruxsatnoma olib berishlarini va’da qilgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Pop tumangaz» operatori N.R. va fuqaro P.Z.lar (muqaddam sudlangan) 2 100 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolar Z.Yu. va S.Yu.ning xonadonlariga tabiiy gaz tarmog‘ini tortib kelishi va ruxsatnoma olib berishlarini aytib, shundan 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlanib, qolgan 1 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda N.R. tomonidan 200 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter