Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Administratsiyasining sobiq rahbari o‘tkazgan yig‘ilishda ishdan olingan hokim yangi lavozimga qaytdi

Prezident Administratsiyasining sobiq rahbari o‘tkazgan yig‘ilishda ishdan olingan hokim yangi lavozimga qaytdi

Sherali Yo‘ldoshev O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Boshqarma boshlig‘i maqomi viloyat hokimi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

E’tiborlisi, Prezident Administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umurzoqov raisligida 2022 yili o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida o‘sha vaqtda Samarqand viloyati Nurobod tumani hokimi vazifasida ishlagan Sherali Yo‘ldoshev qattiq tanqid qilinib, ishdan olingandi.

Yig‘ilishda uning yangi hokimlik vazifasiga kelganiga qaramay, o‘zini to‘ralarcha tutgani hamda o‘tgan yil 23 avgust kuni berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilmaganini ro‘kach qilib, tuman hokimligi Devonxona bo‘limi mutaxassisiga jismoniy kuch ishlatgani aytilgandi.

– Kim sizga ruxsat berdi?! O‘zingizga, viloyatingizga va butun davlat tizimiga isnod keltirdingiz! Har bir aytgan haqoratomuz gaplaringizning audiolari turibdi. Achinarlisi, hurmatli Prezidentimiz ham shularni eshitib juda ham qattiq ranjidilar. Davlatimiz rahbari qaror qabul qildilar: siz hokimlik darajasiga munosib emassiz! Zaldan chiqib keting! Guvohnomasini olib qo‘yinglar! – degan Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tashkil etilgani, uning raisi etib Qahramon Quronboyev saylangani va uning maqomi Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtirilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring