Prezident tashrifidan so‘ng Xorazmda bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi
![Prezident tashrifidan so‘ng Xorazmda bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi](https://xabar.uz/static/crop/1/9/920__95_1921360581.jpg)
Prezident tashrifidan keyin Xorazm viloyati va tumanlarida yangi lavozim tayinlovlari bo‘lib o‘tgan.
Xususan, viloyat hokimining qurilish bo‘yicha o‘rinbosari O.Kuryazov ishdan olinib, o‘rniga Toshkent shahrida faoliyat yuritib kelayotgan B.Kurbanov tayinlandi.
Shuningdek, viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Kurbonov Yangibozor tumaniga hokim bo‘lgan. O‘rniga viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarma boshlig‘i tayinlangan.
Yangiariq tumaniga esa Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Muxammedmurad Xudayberganov tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter