Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident tumanlardagi eng katta to‘siq haqida gapirdi

Prezident tumanlardagi eng katta to‘siq haqida gapirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Yig‘ilishda tuman tashkilotlarida samarali faoliyat yo‘lga qo‘yilmagani tuman darajasida ishni yaxshi yuritishga eng katta to‘siq bo‘layotgani qayd etildi.

Jumladan KPI belgilanmagan, raqamlashtirish chala, yangiliklarga o‘qitish yo‘q.

Yirik korxonalarni soliqqa tortish Soliq qo‘mitasi tomonidan yuritilgani bilan ularning ayrim to‘lovlari mahalliy budjetga tushadi. Lekin, yirik korxonalar soliq prognozini bajarmagani uchun mahalliy budjet qo‘shimcha daromadlarsiz qolib ketayapti. Shu munosabat Soliq qo‘mitasiga yirik korxonalarning mahalliy budjetga to‘lovlarini hisobga olish tartibini joriy qilish topshirildi.

Barcha vazirlar o‘z tizimida metodologiya, reglament va raqamlashtirishni yil yakunigacha tartibga keltirishi zarurligi to‘g‘risida ogohlantirildi. Vazirlar Mahkamasi 1 oktyabrgacha har bir vazirlikning tumandagi tashkilotlarida metodologiya, reglament va raqamlashtirish bo‘yicha hisobotini qabul qilib olishi belgilandi.

Yig‘ilish yakunida mutasaddilarning axboroti tinglandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring