Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Milliy statistika tizimi mutaxassislarining malakasi oshiriladi

«Milliy statistika tizimi mutaxassislari malakasini oshirish hamda sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident qarori (PQ–103-son, 13.03.2026-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, ushbu qarorning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

- har 2 yilda 3 ming nafar milliy statistika tizimi mutaxassislarini o‘qitib borish imkonini yaratish;

- yashirin va kreativ iqtisodiyotni baholash maqsadida statistika metodologiyasini takomillashtirish.

 Qarorga bilan Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (Institut) faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari tasdiqlandi.

2026-yil 1-apreldan boshlab Institutda quyidagi kurslar tashkil etiladi:

- vazirlik va idoralarning ma’muriy ma’lumotlarini yuritish, statistika uslubiyotlarini ishlab chiqish va ochiq ma’lumotlar portali bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan xodimlari uchun har 2 yilda shartnoma asosida 48 soatgacha bo‘lgan malaka oshirish kurslari;

- statistika hisobotlarini taqdim etuvchi sub’yektlar, jumladan, tadbirkorlar uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv kurslari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring