Qashqadaryoda bank boshqaruvchisi o‘rinbosari imtiyozli kreditni o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi
Imtiyozli kredit mablag‘larini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda hududiy tijorat banki filiali boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari O.X. «V.» fermer xo‘jaligi rahbari B.R. bilan o‘zaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroning nomiga ajratilgan 163 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini «V.» fermer xo‘jaligi hisob raqamiga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.I. va boshqalar fuqaro S.M.ning ishonchiga kirib, unga tijorat banki filialidan 100 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib berishlarini va’da qilib, uning turmush o‘rtog‘i YaTT G.M.ning nomiga 100 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablag‘larni «R.N.» MChJ orqali naqdlashtirib olganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter