Qashqadaryolik san’atkor konsertidan tushgan pulni «Obod qishloq» dasturiga yo‘naltirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod qishloq» dasturi to‘g‘risida»gi farmoni va “Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori chekka hududlardagi ko‘pdan-ko‘p masalalarga yechim bo‘ldi.
Dastur asosida joriy yilda Qashqadaryo viloyatining o‘zida 26 ta, ichki imkoniyatlardan kelib chiqib yana ikkita qishloqda va shaharlarda 4 ta mahallada ham obodonlashtirish ishlari boshlanganini inobatga olsak, 32 ta chekka qishloq va mahallada obodlik nasimlari esmoqda. Bu kichkina raqam emas, albatta. Dastur asosida olib boriladigan keng ko‘lamli ishlar doirasida ana shu mahallalarda istiqomat qilayotgan qariyb 50 ming xonadon, 262 mingdan oshiq aholining ijtimoiy hayotida, yashash sharoitida katta o‘zgarishlar bo‘ladi, deganidir.
«Obod qishloq» dasturiga hissa qo‘shish katta mas’uliyat va yuksak sharaf deb bilgan qashqadaryolik xonanda, «Shuhrat» medali sohibi Umriuzoq Quvvatov xayriya konsertidan tushgan 50 000 000 (ellik million) so‘m mablag‘ 2018-yil 8-avgustdagi №20 sonli to‘lov xabarnomasiga asosan, «Obod qishloq» dasturi doirasida Mirishkor tumani mahalla xayriya jamg‘armasining hisob raqamiga olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga sarflash uchun yo‘naltirdi.
Ahror Sodiqov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter