Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istonda majburiy mehnat — universitet kafedra mudiri talabalarni o‘z fermer xo‘jaligida ishlashga majburladi

Qoraqalpog‘istonda majburiy mehnat — universitet kafedra mudiri talabalarni o‘z fermer xo‘jaligida ishlashga majburladi

Foto:« karsu.uz»

Qoraqalpoq davlat universiteti Ximiya-texnologiya kafedra mudiri Maxset Ayimbetov shu yili 29 may kuni Qoraqalpoq davlat universiteti ximiya-texnologiya fakultetining neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishining 3-A,B,S,D,Ye guruhlarida tahsil oladigan 80 nafar talabani darslaridan ozod qildirib, Nukus tumanidagi o‘zining «Shortanbay tangi» fermer xo‘jaligiga dala ishlariga majburiy turda mehnatga jalb qilgan. Bu haqda «Xabar.uz»ning Qoraqalpog‘istondagi ishonchli muxbirlari xabar qildi.

Agar shu kuni bitta talaba tegishli organlarning biriga bu haqida telefon orqali xabar qilmaganda ish silliq ketib, hech kim hech narsa bilmay o‘tib ketishi ham mumkin edi. Chunki bu ish fakultet dekanatining roziligi bilan amalga oshirilgan.

Talabalar shu kuni belgilangan joyda avtobusga o‘tirib, Nukus tumaniga kafedra mudiri Maxset Ayimbetovning «Shortanbay tangi» fermer xo‘jaligiga o‘tash ilariga otlangan va bitta talaba tegishli organlarning biriga xabar qilgan.

Shundan so‘ng organ xodimi ushbu xabarning rost yoki yolg‘on ekanligini tekshirish maqsadida universitetga keladi. Qarasa, haqiqatan ham auditoriyalar bo‘m-bo‘sh. Dekanat «talabalar tushdan keyin o‘qiydi» deb vaj aytadi. Lekin darslar jadvali bo‘yicha ertalab o‘qishi kerak.

Vaziyatning qaltis ketayotganidan xabar topgan M.Ayimbetov talabalarni shoshilinch darsga qaytarish payiga tushadi. Lekin talabalar auditoriyaga qaytguncha soat 12larga borib qoladi.

Shu kuni dars jadvali bo‘yicha 3-kursga 3 juftlik dars o‘tilishi kerak bo‘lgan: 1-juftlikda «Ekologiya» (fan o‘qituvchisi Atanazarov), 2-juftlikda «Qoraqalpog‘iston tarixi» (fan o‘qituvchisi J.Toreniyazov), 3-juftlikda esa «Korroziya» (J.Babajanov), 3B-kursga 2-juftlikda «Umumiy ximiya texnologiya» (N.Yusupova), 3-juftlikda «Ekologiya» (Sh.Aytimbetova) darslari o‘tilishi kerak bo‘lgan va hokazo.

Maxset Ayimbetov majburiy mehnat bo‘yicha avval ham nom chiqargan. U 2011-yilda fakultet dekani paytida paxta yig‘im-terimida talabalarni va domlalarni o‘rib-so‘kkanligi «youtube.com» tarmog‘ida keng tarqalib ketgandi.

Ushbu voqea butun O‘zbekistonning xalqaro darajada obro‘siga putur yetkazgan bo‘lsa-da, Ayimbetov universitetda yuqori lavozimni saqlab qola olgan edi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring