Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qurbanmurat Taparov lavozimidan ozod etildi

Qurbanmurat Taparov lavozimidan ozod etildi

Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qurbanmurat Taparov moliya vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani xabar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentyabrdagi qaroriga asosan Qurbanmurat Xolmuratovich Taparov Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Qurbanmurat Taparov 1978-yilda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1999-yilda Qarshi davlat universitetini, 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va 2012-yilda Ritsumeykan Universitetlarini (Yaponiya) tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring