Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Foto: «Azon.uz»

Ustoz Zayniddin qori Muhammad Yusuf xotiralariga bag‘ishlangan «Qur’on musobaqasi – 1442» tanlovi nihoyasiga yetdi.

Bir necha oy mobaynida Azon.uz, AzonTV xodimlari, yurtimizning ustoz qorilari musobaqani yaxshi o‘tkazish uchun kuch-g‘ayratlarini ayamadilar. Tanlovlar tufayli yangi xushzabon qorilarimiz elga tanildi, Qur’on muxlislari ularning chiroyli qiroatlaridan bahramand bo‘lishdi.

G‘olibni aniqlash oson kechmadi, eng asosiysi, xolislik va halol musobaqaga urg‘u berildi. Bu yil g‘olib bo‘la olmagan qorilarimiz ham o‘z xato-kamchiliklarini o‘rganib, ustozlarning nasihat va o‘gitlarini eshitdilar. Bu esa kelajakda bo‘ladigan musobaqalarda g‘olib bo‘lish uchun omillardan biridir, inshaalloh.

Endi g‘oliblarga kelsak. Tilovat yo‘nalishi final bahslarida ball bilan uchinchi o‘rinni Orif Abduvahobov  354,5 ball bilan  egalladi. Ikkinchi o‘rin 355,75 ball to‘plagan Xayrulloxon Ilyosxonov va Nizomiddin Ismoilovlarga nasib etdi. Eng birinchi o‘rinni esa Muhammadvoris Yo‘ldoshev egalladi. G‘olib bo‘lgan qorimiz 394 ball to‘pladi.

Hifz yo‘nalishi bahslari ham tilovat yo‘nalishi kabi qiziq o‘tdi. Uchinchi o‘rinni 316,75 ball to‘plagan ikki qori Abdulloh Abdusattorov va Muhammadali Hayitboyevlar olishdi. Ikkinchi o‘ringa 342 ball olgan Ahmadjon Vorisov loyiq deb topildi. Hifz yo‘nalishining mutlaq g‘olibi deb esa 387,75 ball olgan Muhammadibrohim Karimov topildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring