Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi

Ramazon oyi va Taroveh namozlariga tayyorgarlik boshlandi

Foto: «Xabar.uz»

Ramazon oyini munosib tarzda kutib olish, uni yuqori saviyada o‘tkazish va Taroveh namozlarida mo‘min-musulmonlarga qulay shart-sharoitlar hozirlash maqsadida masjidlarda tayyorgarlik ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, masjidlarda Taroveh namozlariga qulay shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida, joriy yilning  10 aprel, shanba kuni «Ozodalik kuni» o‘tkaziladi.

Koronavirus kasalligi bilan bog‘liq murakkab vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda taroveh namozlarida sanitariya-epidemiologik nazorat kuchaytiriladi. Xususan, namozxonlar tibbiy niqobda bo‘lish, oraliq masofani saqlash, tashrif buyuruvchilar tana haroratini o‘lchash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin tartib-qoidalariga rioya qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring