Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramazon oyi 19-fevral sanasidan boshlanadi

Ramazon oyi 19-fevral sanasidan boshlanadi

Foto: Xabar.uz

2026-yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19-fevral kuniga to‘g‘ri keladi.

Bu haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilindi. Prezidentning «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida» gi qarori e’lon qilindi. 

«Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi» degan ezgu g‘oya asosida:

- kam ta’minlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

- mahallalarni o‘zaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish;

- yer, suv, havo va tabiiy muhitni asrash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlarni obod etish;  

- Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, ixcham, mazmunli va tejamkorlik asosida o‘tkazishga alohida e’tibor berilishi ko‘zda tutilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring