Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Robaxon Mahmudova yangi lavozimni egalladi

Robaxon Mahmudova yangi lavozimni egalladi

Oliy sud raisi o‘rinbosarligidan bo‘shatilgan Robaxon Mahmudova «Adolat» SDP raisi etib saylandi.

Bugun, 20 yanvar kuni «Adolat» sotsial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining Plenumi bo‘lib o‘tdi.

Plenumda partiyaning 2023 yilgi faoliyati yakunlari hamda 2024 yilgi faoliyat yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Plenumda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov o‘z arizasiga muvofiq, Siyosiy Kengash a’zolarining ochiq ovoz berish yo‘li bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.

Partiya raisligiga Mahmudova Robaxon Anvarovna nomzodi ko‘rib chiqilib, Siyosiy Kengash a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring