Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada yosh bola hayotini saqlab qolgan o‘zbekistonlikka medal berildi

Rossiyada yosh bola hayotini saqlab qolgan o‘zbekistonlikka medal berildi

Rossiyada yosh bola hayotini saqlab qolgan o‘zbekistonlik «Jasorat» medali bilan taqdirlandi

Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. 

«Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida sodir bo‘lgan favqulodda va murakkab vaziyatda o‘z joni va salomatligini xavf ostiga qo‘yib, ko‘p qavatli uyning yuqori qismidan pastga qulab tushayotgan yosh bolaga amaliy yordam ko‘rsatgani va uning hayotini saqlab qolgani, xalqimizga xos yuksak jasorat, qahramonlik va fidoyilik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani uchun mard va jasur yurtdoshimiz Ibadullayev Xayrullo Saydullayevich «Jasorat» medali bilan mukofotlansin», deyiladi farmonda.

Hodisa Sankt-Peterburgning Petrozavodskaya ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bola ochiq deraza yonida o‘ynab yurganida yiqilib, karnizga ilinib qolgan. Ibadullayev qo‘llarini uzatib, uni ushlab olishga muvaffaq bo‘lgan. 

 Keyin u darhol bolani kirish eshigiga olib kirgan, u yerda qo‘shnilar va qutqaruvchining o‘zi tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguniga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring