Rossiyadagi YTHda halok bo‘lganlar jasadi Jizzaxga olib kelindi

Rossiya Federatsiyasining Stavropol o‘lkasida yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlari O‘zbekistonga keltirildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Avval xabar berganimizdek, 2018-yilning 4-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Stavropol o‘lkasida yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston Respublikasining 4 nafar fuqarosi halok bo‘lgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar vazirliklari, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida, kecha, 8-aprel kuni vafot etgalarning jasadlari olib kelinib, ikkita maxsus transportda Jizzax viloyatining Zomin tumaniga yetkazildi.
Vafot etganlar o‘z yashash joylariga dafn etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter