Rossiyaga aviachiptalarning narxi ma’lum qilindi

Shu yilning aprel oyidan boshlab, har shanba kuni Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etilishi haqida avvalroq xabar berilgandi.
«Uzbekistan Airways» o‘z xabarida mijozlardan chiptalarni tezlashtirib xarid qilish xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat etmasligini so‘ragandi. Chiptada ko‘rsatilgan va mijoz to‘lagan narxni taqqoslash tavsiya etilgandi.
Kompaniya bugungi kunda muntazam aviaqatnovlar chiptalari narxi 4 200 000 so‘mdan oshmasligini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter