Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senat O‘zbekistonda referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqadi

Senat O‘zbekistonda referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi 2023 yil 14 mart kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosida bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masala ko‘rib chiqiladi.

Yalpi majlisda senatorlar, Hukumat a’zolari, davlat organlari, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring