Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-fevral joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

«Xabar.uz» manbasining xabariga ko‘ra, davlat rahbari Buxoro viloyatining aholisi bilan muloqot qilishi, iqtisodiy va ijtimoiy loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.

Ikki kunlik tashrif davomida Prezidentimiz avvalgi topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi, galdagi muhim vazifalarni belgilab berishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tish kerak, davlat rahbari 2017-yil 10-11-mart kunlari viloyatga tashrifi chog‘ida barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etildi. Mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmi oshdi. Transport va servis infratuzilmasi rivojlanib, sayyohlar oqimi ko‘paydi. Qishloq xo‘jaligida foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solindi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy ob’yektlar bunyod etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring