Shirin shahrida hokim o‘zgardi
Bugun, 9-sentyabr kuni Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Xojimatov Abdug‘affor Tillaboyevich boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan Shirin shahar hokimi vazifasidan ozod qilindi.
Shu kungacha «Yuksalish» umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sultonov Sarvarbek To‘lqinbek o‘g‘li Shirin shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Ma’lumot o‘rnida, Sarvarbek Sultonov 1989-yilning 19-iyulda Oqoltin tumanida tug‘ilgan. 2011-yilda Guliston davlat universiteti, 2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistraturasini tamomlagan. «Do‘stlik» ordeni sohibi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter