Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shohimardondan «Qurbon ko‘li»ga eltuvchi osma dor yo‘li ochildi

Shohimardondan «Qurbon ko‘li»ga eltuvchi osma dor yo‘li ochildi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov rahbarligidagi delegatsiya, Qirg‘izistonning Botken viloyati rahbarlari bilan birga Shohimardonni sayohatga ochish jarayonida bu yerdagi Hazrat Ali ziyoratgohida bo‘lishdi.

Shundan so‘ng Shohimardonning janubiy tarafida, dengiz satxidan 3000 metr balandlikda, tog‘lar bag‘rida joylashgan Qurbon ko‘liga o‘tuvchi osma dor yo‘lini qayta ochish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Karnay-surnay sadolari bilan ramziy tasma qirqilib, mehmon-u mezbonlar birin-ketin tog‘lar bo‘ylab harakatlanadigan o‘rindiqlarga o‘tirdilar.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi

Tog‘ bag‘rida yuzaga kelgan va bugungi kunda Qirg‘iziston Respublikasi hududida joylashgan Qurbon ko‘li tabiat mo‘’jizasi sifatida juda go‘zal bo‘lib, ayniqsa, havo ochiqligida osmon rangi bilan tutashib, ajib manzara hosil qiladi. Tog‘lar orasida joylashgan ushbu ko‘l suvi juda sovuq bo‘lganligi uchun unda biron o‘simlik o‘smaydi va hayvonot olami ham mavjud emas.

Mahalliy aholining aytishicha, qachonlardir ko‘l o‘rni tog‘-u toshlardan iborat bo‘lib, bu yerda aholi yashagan. Biroq, kunlarning birida kutilmaganda zilzila oqibatida tog‘lar ko‘chib tushadi va yashovchilar halok bo‘lishadi.

Allohning mo‘jizasi tufayli odamlar qurbon bo‘lgan manzilda esa bir ko‘l paydo bo‘ladi. Uning nomini odamlar «Qurbon ko‘li» deb atashadi. Suvi ko‘m-ko‘k bo‘lgani sabab ba’zan Ko‘kko‘l deb ham yuritishadi.

O‘zbek va qirg‘iz delegatsiyasi vakillari Qurbon ko‘li va uning ortidagi yana bir kichik ko‘l bilan yaqindan tanishdilar.

Ikki viloyat rahbarlari shu yerda jurnalistlar va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring