Ming bor uzr. Shuhrat G‘aniyev Prezidentdan va senatorlardan o‘tinib kechirim so‘radi (video)
Biroz vaqt muqaddam Oliy majlis Senatining reglament va odob komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Komissiya yig‘ilishida Shuhrat G‘aniyev qilmishi uchun Prezident va senatorlardan kechirim so‘radi.
«Mening gaplarim ijtimoiy tarmoqlarda to‘g‘ri muhokama bo‘ldi. Buni tan olish kelajakda to‘g‘ri xulosa chiqarishga yo‘l belgilab beradi.
Albatta mening ota-onam ham, avlodlarim ham milliy libosda kiyinadi. Men ham o‘z uyimda milliy libosda kiyinaman. Shu kuni odam quyushqondan chiqib ketishi yoki o‘zini bosa olmasligi faqat o‘zimning aybim. Men aybdorman, imkoniyat bersalaring faqatgina mehnat qilaman.
To‘g‘ri, mehnat qilishning ham, hamma narsaning xulosasi bor. Avvalo men Davlatimiz rahbari, menga yuksak ishonch bildirgan muhtaram Prezidentimizdan o‘tinib-o‘tinib kechirim so‘rayman. Hurmatli senatorlar, sizlardan kechirim so‘rayman. Imkoniyat bersalaring, xulosa qilaman.
Lekin men aybdorman, aybimni tan olaman. Albatta har kimga ham hech qanaqa, bunaqa vakolatlar berib qo‘yilmagan. Rahbar har qanday joyda yuksak ishonch bildirilganini xulosa qilib, bilishi kerak. Albatta men har qanday jazoga loyiqman. Ming bor uzr», — deydi Shuhrat G‘aniyev.
Eslatib o‘tamiz, Senatning reglament va odob komissiyasi tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra senator Shuhrat G‘aniyev ro‘mol va soqol haqida aytgan gaplari uchun Senat tomonidan qat’iy ogohlantirildi va unga uch oy sinov muddati berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter