Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muftiy Usmonxon Alimov so‘nggi manzilga kuzatildi (foto)

Muftiy Usmonxon Alimov so‘nggi manzilga kuzatildi (foto)

Foto: «Daryo»

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 15 avgust kuni xastalik tufayli vafot etgani xabar qilingandi.

Bugun, 16 avgust, dushanba kuni muftiy hazratlarining janoza namozi va ta’ziya marosimi Samarqand viloyati Ishtixon tumani Orlot qishlog‘i «Eshoni Temirxon To‘ra» (avvalgi «Orlot» masjidi) jome masjidida bo‘lib o‘tdi.

Foto: muslim.uz
Foto: muslim.uz

Muftiy hazratlarini so‘ngi manzilga kuzatish marosimida taniqli ulamolar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, hazratimizning qavmu qarindoshlari, do‘stu birodarlari, shogird va muxlislari, O‘zbekistonning turli joylaridan hamyurtlarimiz, xorijdagi vatandoshlar va mo‘min-musulmonlardan iborat 10 mingdan ortiq jamoat ishtirok etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring