Surxondaryoda sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirish uchun yer ijaraga beriladi

Ayni vaqtda Surxondaryo viloyatida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida aholini ish bilan ta’minlashda yer ajratish masalasini ko‘tardi.
— Unumdorligi past bo‘lgan g‘alladan bo‘shaydigan maydonlardan tomorqa yer egalariga sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirish uchun o‘rtacha 15-20 sotixdan 10 yil muddatgacha ijaraga berishning huquqiy asoslari ishlab chiqilsin.
Ushbu ajratilgan yerlarda yetishtiriladigan mahsulotlarga, meva-sabzavot va tomorqa klasterlari buyurtma beradi.
Buyurtmachilar mahsulot yetishtirish uchun barcha moddiy resurslar bilan ta’minlaydi va yetishtirilgan mahsulotni sotib oladi.
Mazkur meva-sabzavot klasterlari faoliyati samaradorligini oshirish va yana yangi klasterlarni tashkil etish bo‘yicha, bir oy muddatda «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqiladi», — dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter